Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Xakerlar AQSh Milliy Yadro xavfsizligi boshqarmasiga hujum qilishdi

Xakerlar AQSh Milliy Yadro xavfsizligi boshqarmasiga hujum qilishdi

Microsoft SharePoint dasturiga qilingan xakerlik hujumi AQSh Energetika vazirligining Milliy yadro xavfsizligi boshqarmasiga ta’sir qildi.

Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, hujumchilar maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lmagan. Energetika vazirligi agentlikka xakerlar hujumi departamentga “minimal” ta’sir ko‘rsatganini va mutaxassislar “ta’sirlangan tizimlar”ni tiklayotganini aytdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlarning harakatlari AQSh Ta’lim vazirligi, bir qator davlat darajasidagi agentliklar hamda Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari hukumatlariga tegishli tizimlarga ham ta’sir qilgan.

Microsoft shirkatining ta’kidlashicha, hujumlarda Xitoyga aloqadorligi aytilayotgan Linen Typhoon va Violet Typhoon guruhlari ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 11:10 23.07.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!