Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xabibning jamoadoshi UFC'dagi debyutida 41 yashar sportchiga yutqazdi

Xabibning jamoadoshi UFC'dagi debyutida 41 yashar sportchiga yutqazdi

Qatarda MMA bo‘yicha UFC Fight Night 265 turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqa prelim kardida yana bir qiziqarli jang tashkil etildi.

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvda daniyalik tajribali Nikolas Dalbi rossiyalik debyutant Saygid Izagaxmayev bilan to‘qnash keldi.

3 raundlik jang to‘liq davom etdi. Hakamlar esa ochkolar hisobiga ko‘ra Dalbi ustun kelganini e’lon qilishdi.

Shu tariqa, 41 yoshli Nikolas UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi Saygid Izagaxmayevni debyut bahsida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kiritildi: 23:38 22.11.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!