Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Xabibga vafot etgan otasi xotirasiga g‘ayrioddiy sovg‘a berishdi (FOTO)

Xabibga vafot etgan otasi xotirasiga g‘ayrioddiy sovg‘a berishdi (FOTO)

Sobiq UFC chempioni, faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan Xabib Nurmagomedov Nyu-York shahrida muxlislar bilan uchrashuvda noodatiy sovg‘a oldi.

Muxlislardan biri rossiyalikka Pokistondagi quduq yonida qizaloq tasvirlangan suratni sovg‘a qildi. Suratda aks etgan lavhaga ko‘ra, ushbu quduq Xabibning otasi va murabbiyi, marhum Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlab ochilgan. Sovg‘ani olgach, Xabib muxlisga minnatdorlik bildirib, u va qizlari bilan suratga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov professional faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Bu Xabibning faoliyatidagi Xavyer Mendes qo‘l ostida otasisiz tayyorgarlik ko‘rgan yagona jangi edi.

Xabibga vafot etgan otasi xotirasiga g‘ayrioddiy sovg‘a berishdi (FOTO)

Kiritildi: 21:53 09.08.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!