Xabib Nurmagomedovning sobiq murabbiyi Xavyer Mendes ma’lum qilishicha, Xabib bir vaqtlar katta pul evaziga Floyd Meyvezer bilan jang qilish taklifini rad etgan.
"Xabibga katta pulga Floyd bilan jang qilish taklif etilgandi, ammo u rad etdi. Floyd bu taklifni qabul qilarmidi yoki yo‘qmi — bilmayman. O‘zi Xabib bu haqda to‘liq xabardor bo‘lganmi — bilmayman. Lekin u jangdan bosh tortgandi", — dedi u.