Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov AQShdagi parvozi chog‘ida bort kuzatuvchisi bilan joy masalasida tortishib qolgan va buning natijasida samolyotni tark etgandi.
Xabib Las-Vegasdan San-Fransisko shahriga uchayotgan bo‘lgan.
"Birinchi navbatda bir narsaga oydinlik kiritib ketishim kerak, bu Frontier Airlines aviakompaniyasiga qarashli samolyot edi, Alaska airline emas. Men bilan suhbatga kirishgan ayol avvalboshdan qo‘pol muomalada bo‘ldi. Berayotgan savollari juda ham qo‘pol ohangda edi. Ingliz tilini bilish darajam yomon emas. Hamma gapni tushunaman. Shunga qaramay, o‘zini gapini ma’qullab turaverdi. U meni joyimni o‘zgartirishimni talab qildi. Uning bunday qilishga nima haqqi bor edi? Bu irqiymi, milliymi yoki boshqa masala edimi? Buni aniq ayta olmayman. Uzoq davom etgan bahsdan keyin u xavfsizlik xodimini chaqirdi va meni samolyotda tushirishdi. Bir yarim soatdan keyin men boshqa reys bilan manzilimga yetib oldim. Shovqin ko‘tarmaslik, xotirjamlikni saqlash, provokasiyaga berilmaslik uchun keragidan ortiq harakat qildim. O‘ylashimcha, odamlar ko‘proq xushmuomalada bo‘laverishlari kerak", — deya izoh qoldirdi Nurmagomedov o‘zining Instagramdagi sahifasida.