Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xabib Nurmagomedov “Dunyoning eng nufuzli 5 musulmoni” qatorida bo‘lish "yuki" haqida gapirdi

Xabib Nurmagomedov “Dunyoning eng nufuzli 5 musulmoni” qatorida bo‘lish "yuki" haqida gapirdi

Engil vazn toifasida UFC bo‘yicha jahon chempioni, rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov dunyodagi eng nufuzli musulmonlarning Top-5ligiga kirish haqida gapirdi, deb yozadi “zakon.uz”.

“Bu katta majburiyatlar va katta mas’uliyat yuklaydi. Agar kimningdir xato qilishga haqqi bo‘lsa, bu uchun mening huquqim juda kam. Bu turli oqibatlarga olib keladi”, - deydi sportchi.

Xabibning so‘zlariga ko‘ra, u hayotdagi hamma narsaga yanada mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi kerak, vaholanki, har bir harakati ortida uning dunyo bo‘yicha karmerasi hamda hurmati turibdi.

“Shu sababli, men... Nafaqat shu tufayli, balki avvaldan shunday turmush tarzini olib boraman. Shaxsan o‘zimga tegishli narsalarni qilishga harakat qilaman. Mashq qilaman, dam olaman, uxlayman, axloqsiz joylarga bormayman, kim bilan muloqot qilishimni, kim bilan uchrashishimni sinchkovlik bilan filtrlashga harakat qilaman”, deydi Nurmagomedov “YouTube”ning “True Gym” kanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 22:45 15.09.2020. O'qildi: 3102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!