Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xabi Alonsoning «Real»dagi taqdirini navbatdagi 3 o‘yin hal qiladi

Xabi Alonsoning «Real»dagi taqdirini navbatdagi 3 o‘yin hal qiladi

Ispaniyalik jurnalist Matias Prats "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Real" La Ligada qatorasiga uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Bu o‘yinlarning barchasi durang natija bilan yakunlandi. "Qaymoqranglilar" o‘zining so‘nggi o‘yinida Ispaniya chempionatining 14-turida "Jirona" (1:1) bilan durang o‘ynadi.

"Vaziyatni bo‘rttirib yubormasdan aytaman, Alonsoni oldinda o‘n kunlik ish kutmoqda," - deya Pratsning so‘zlarini keltiradi Marca.

"Real" keyingi o‘n kun ichida Ispaniya chempionatida "Atletik" va "Selta", Chempionlar ligasida "Manchester Siti" bilan o‘ynashi kerak.

Ayni vaqtda "Real" La Ligada peshqadam "Barselona"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida jamoa beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 09:01 02.12.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!