"Real"ning yangi ustozi Xabi Alonso darhol uning jamoasida hech qanday avtoritetlar bo‘lmasligini aytdi.
Cadena SER xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis o‘yinchilar bilan birinchi uchrashuvlardayoq o‘z yondashuvini aniq belgilab qo‘ygan: fidoyilik - hamma narsadan ustun.
"Yugurib, borini berib o‘ynamaydiganlar o‘ynamaydi. Nomlar hech qanday ma’noga ega emas. Siz shunchaki to‘p berishlarini kutib turmasligingiz kerak. Har bir to‘p ortidan yugurish kerak," - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi jurnalist Xavyer Errayes.
Alonso yangi falsafasining birinchi jiddiy sinovi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirokini "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.