Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashdi, 3 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashdi, 3 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 19 dekabr kuni soat 16:30 larda Kegeyli tumanining Qumshungil ovuli hududida, “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan A.S. Labo mashinasini “Nukus-Chimboy” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va 32 yoshli Z.J. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Labo haydovchisi A.S. hamda Damas yo‘lovchisi, 1962 yilda tug‘ilgan M.D. (ayol) voqea joyida halok bo‘lgan. Damas’ning yana bir yo‘lovchisi, 1962 yilda tug‘ilgan T.B. esa Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shuningdek, Labo mashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 27 yoshli A.E. o‘ng yelka suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 dekabr kuni respublika bo‘yicha 7 kishi (Buxoro, Samanqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida 1 kishidan, Qoraqalpog‘istonda 3 kishi) YTHlar oqibatida vafot etgan.

Kiritildi: 23:27 20.12.2025. O'qildi: 2719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!