"Real" tarkibdagi o‘zgarishlarni rejalashtirishda davom etmoqda. AS sahifalarida Madrid jamoasining besh nafar futbolchisining kelajagi noaniq ekanligini haqida material e’lon qilindi. "Real" David Alaba, Ferlan Mendi va Rodrigo bilan xayrlashishga tayyor, ammo Dani Sebalyos va Endrik borasida ikkilanmoqda.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Alaba katta maoshi borligi sabab jamoada qolmoqchi. "Real" ketishdan oldin avstriyalik futbolchiga maoshining bir qismini to‘lashga tayyor, ammo bu futbolchiga yoqmayapti. "Qaymoqranglilar" Mendini ham sotishga tayyor - u Karreras bilan shartnoma imzolaganidan keyin chap qanot himoyachisi pozisiyasida uchinchi tanlov bo‘ldi. Rodrigo ham asosiy tarkib bo‘yicha murabbiy rejalarida yo‘q. Futbolchi qolishni istayotganini ko‘rsatmoqda, biroq yakuniy qarorni Xabi Alonso bilan suhbatdan so‘ng qabul qiladi.
Sebalyosga kelsak, u "Real"ni faqat yangi futbolchi kelsagina tark etadi. Endrik esa ijaraga ketishi mumkin.
Xabi Alonso 4 avgust kuni futbolchilar bilan muloqot qiladi.