Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Xabi Alonso "Real"ning bo‘lajak yangi a’zosiga va’da berdi

Xabi Alonso "Real"ning bo‘lajak yangi a’zosiga va’da berdi

Madridning "Real" klubi bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso markaziy himoyachi Din Xeysen bilan hamkorlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

20 yoshli futbolchi ayni damda "Bornmut" sharafini himoya qilmoqda, ammo yangi mavsumdan "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilishi aniq - kelishuv yopilish arafasida. Diario AS xabariga ko‘ra, Alonso allaqachon Xyoysen bilan bog‘lanib, u o‘z loyihasida asosiy shaxs bo‘lishini aytgan.

"Bayer"ning hozirgi ustozi iyun oyi boshidan "Real"da ish boshlaydi, u Braziliya terma jamoasiga ketayotgan Karlo Anchelottining o‘rnini egallaydi.

Din Xeysenning transferi "qirollik klubi"ga 58 mln yevroga tushadi.

Kiritildi: 10:46 15.05.2025. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!