Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xabi Alonso "Real" himoyachisini asosiy rejalaridan chiqarib tashladi

Xabi Alonso "Real" himoyachisini asosiy rejalaridan chiqarib tashladi

Xabi Alonso yangi mavsumda uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash tizimini qo‘llamoqchi. Shu bilan birga, murabbiyni Raul Asensioning o‘yini qoniqtirmadi. Ok Diario nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi, shu sababli u Alonsoning yangi mavsumdagi rejalariga asosiy tarkib futbolchisi sifatida kiritilmayapti.

Umuman olganda, Asensio tez orada ikkinchi planga tushib qolishi kutilmoqda. Qolaversa, "Real" yozdayoq himoya chizig‘iga yangi futbolchi - Ibraima Konateni qo‘shib olsa, Raul uchun vaziyat yanada murakkablashishi mumkin.

22 yoshli Raul Asensio "Real" asosiy jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ularda himoyachi ikkita golli pas berdi.

Kiritildi: 13:53 27.07.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!