Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonso Mbappe va Vinisius borasida qaror qabul qildi

Xabi Alonso Mbappe va Vinisius borasida qaror qabul qildi

"Real"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Juniordan qanday foydalanishini allaqachon aniqlab olgan.

Ispaniyalik futbolchi ikkita hujumchi bilan o‘ynashni rejalashtirmoqda, u 5-3-2 va 4-4-2 ni eng afzal shakllar deb hisoblaydi, deb xabar beradi Cadena SER. Asosiy hujumchilar juftligi Mbappe va Vinisiusdan iborat bo‘ladi, Rodrigo esa sotilishi mumkinligi aytilmoqda.

Xabi Alonso iyun oyidan "qaymoqranglilar" boshqaruvida ish boshlashi kutilmoqda. U faoliyatini Braziliya terma jamoasida davom ettiradigan Karlo Anchelotti o‘rnini egallaydi.

Yaqinda "Bayer" Alonso bilan tez orada xayrlashishini rasman tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 10:36. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!