Dastlabki tergov harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, avtomashinani boshqargan voyaga yetmagan shaxsning harakatlarida transport vositasini olib qochish hamda jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish alomatlari mavjudligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan u Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etildi.
Hozirda gumon qilinuvchi voyaga yetmagan shaxs Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.