Farg‘ona shahridagi 19-sonli maktabda "Tig‘" va "Davomat" tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida voyaga yetmagan fuqaroning sumkasidan pirotexnika vositasi mavjudligi Farg‘ona shahar IIB Voyaga yetmaganlar ishlari va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixologlari tomonidan aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 412 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.