Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Vositachilar HAMAS va Isroil bilan G‘azoda 50 kunlik sulh tuzishni muhokama qilmoqda

Vositachilar HAMAS va Isroil bilan G‘azoda 50 kunlik sulh tuzishni muhokama qilmoqda

Qatar va Misr HAMAS harakati a’zolari va Isroil vakillari bilan G‘azo sektorida 50 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Asharq telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

"Misr va Qatar delegasiyalari Iyd al-Fitr bayrami oldidan G‘azo sektorida vaqtinchalik sulhga erishish maqsadida [mojaro] tomonlari bilan muzokaralar olib bormoqda," - deya TASS kanali manbalarining so‘zlarini keltirgan.

Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, tomonlar ba’zi falastinlik mahbuslar evaziga garovga olingan besh kishini ozod qilish masalasini muhokama qilmoqda. Shuningdek, vositachilar G‘azoda 50 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish mavzusiga to‘xtaldi.

Kiritildi: 17:34 29.03.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!