Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Volkswagen'dan “qo‘rqinchli” qaror: Mashina o‘rniga qurol... Volkswagen harbiy sanoatga kirishga tayyor!

Volkswagen'dan “qo‘rqinchli” qaror: Mashina o‘rniga qurol... Volkswagen harbiy sanoatga kirishga tayyor!

Volkswagen Germaniya armiyasi uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni boshlashi mumkin — The Telegraph.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Volkswagen Yevropaning qayta qurollanish sa’y-harakatlari doirasida Bundesver uchun harbiy uskunalar yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Kompaniya hozircha potensial hamkorlardan takliflar olmagan bo‘lsa-da, g‘oyalarni muhokama qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Bu variant avtomobillar eksportining 50 foizga qisqarishi tufayli kompaniyaga tegishli zavodlarning bo‘sh ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish maqsadida ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 21:36 12.03.2025. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!