Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 28 fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin

Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 28 fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin

AQSh va Rossiya vakillarining Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha birinchi uchrashuvi kelasi hafta Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Amerika delegasiyasiga Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Vals va maxsus elchi Stiv Vitkoff boshchilik qiladi.

Ukraina tomoni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AQSH-Rossiya muzokaralari haqida taklif qilinmagan yoki xabardor qilinmagan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Ukraina vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ammo yevropalik siyosatchilarning ko‘pchiligi hozircha uchrashuvga tayyorgarlik haqida xabardor qilinmagan.

Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg 15 fevral kuni Yevropani Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasi stolida ko‘rmasligini aytdi.

Kiritildi: 14:20 16.02.2025. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!