Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vinisiusni o‘z safida ko‘rishni istagan APL klubi bor

Vinisiusni o‘z safida ko‘rishni istagan APL klubi bor

"Real" hujumchisi Vinisius faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Madridliklar o‘z futbolchisini faqat 150 million yevro atrofida sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan 45 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgan edi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Hujumchi joriy mavsum Madrid klubi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vinisiusning narxini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:43 10.01.2026. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!