Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Vinisius Xabi Alonso haqida qanday fikrda ekanligini aytdi

Vinisius Xabi Alonso haqida qanday fikrda ekanligini aytdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida gapirdi.

Ispaniyalik mutaxassis may oyi oxirida lavozimini tark etgan Karlo Anchelotti o‘rnini egalladi. 18 iyun kuni "qaymoqranglilar" yangi murabbiy qo‘l ostida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qiladi.

"Biz Xabi Alonso davrida juda qattiq mashq qilyapmiz, ammo bugun parvoz tufayli mashg‘ulotlar osonroq o‘tdi. Bo‘lajak o‘yinga hozirdan tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Murabbiy bilan avval ham muloqotda bo‘lganman, menga hammasi yoqadi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun ishlashda davom etishimiz kerak," - deya braziliyalikning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Kiritildi: 10:42 16.06.2025. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!