Madridning "Real" klubi yulduzi Vinisius Junior klubdan ketish niyati yo‘q ekanligini ochiq aytdi.
"Men shunday davom ettirishim kerak, chunki bu yerda uzoq vaqt qolishni xohlayman. Umid qilamanki, tarix yaratishni davom ettira olaman.
Men "Real Madrid" tarixiga kirib, buyuk futbolchilardan biriga aylanishni istayman", - dedi 24 yoshli braziliyalik hujumchi.
Vinisiusning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.