"Real" vingeri Vinisius Junior Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Madrid klubi bilan shartnomasi haqidagi savolga javob berdi.
Braziliyalik futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
"Umid qilamanki, "Real"da uzoq vaqt qola olaman. Shartnomam bo‘yicha hali vaqtim bor, shuning uchun juda xotirjamman.
Prezident (Florentino Peres) menga ishonadi. Qulay fursat kelganda shartnomani uzaytiraman va bu yerda uzoq vaqt qolaman, chunki bu — mening orzuimdagi klub", — deya bayonot berdi Vinisius.