Viktor Orban Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Bu haqda Vengriya bosh vaziri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Bu Rossiya-Ukraina urushining eng xavfli haftalari. Biz o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha mumkin bo‘lgan diplomatik choralarni ko‘ryapmiz", — deb yozdi Viktor Orban.
Vengriya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir soat davom etgan telefon suhbatining asosiy mavzusi Ukraina masalalasi bo‘yicha fikr almashishdan iborat bo‘lgan. Orban Putinga inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini birgalikda izlashga ko‘maklashishdan manfaatdorligini bildirgan.
Kreml matbuot xizmati Vengriya tomonining tashabbusi bilan Vladimir Putin va Viktor Orban o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan.