Amerikalik aktyor Viggo Mortensen “Yashil kitob” filmi muhokamasi jarayonida rasizm xarakteridagi haqorati uchun kechirim so‘radi, deb xabar qilmoqda Associated Press nashri.
Ta’kidlanishicha, film muhokamasida Mortensendan tashqari, rejissyor Piter Farrelli va aktyor Maxershala Ali ham ishtirok etgan. Muhokamada Mortensen film voqealari 1962 yilda bo‘lib o‘tishini va o‘sha davrda rasizm xarakteridagi haqoratlar ko‘p ishlatilganini aytib o‘tgan.
Keyinroq Mortensen bu gaplari uchun kechirim so‘ragan va rasizmga qarshi ekanini aytib o‘tgan.
Manba: darakchi.uz