Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Vyetnam hukumati Telegram'ni bloklashga qaror qildi — Reuters

Vyetnam hukumati Telegram'ni bloklashga qaror qildi — Reuters

Vyetnam Texnologiyalar vazirligi mamlakatda faoliyat yuritayotgan mobil va internet operatorlariga Telegram messenjerini bloklashni buyurdi. Bu qaror messenjer tergov ishlari doirasida foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni davlat organlariga berishdan bosh tortgani tufayli qabul qilingan.

Reuters'ning yozishicha, 21 may kuni e’lon qilingan hukumat hujjatida telekommunikasiya kompaniyalari 2 iyungacha ko‘rilgan choralar haqida hisobot taqdim etishi shartligi belgilangan.

Vyetnam polisiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi 9600 ta Telegram kanal va guruhlardan 68 foizi qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymoqda ular orasida firibgarlik, narkotik moddalar savdosi kabi holatlar mavjud.

Telegram hozircha bu qarorga rasmiy munosabat bildirmadi.

Kiritildi: 20:08 23.05.2025. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!