Andijon viloyatida BYD’dan tanasini chiqarib harakatlangan qiz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Ma’lum qilinishicha, holat 14 may kuni soat tungi 22:30 lar atrofida Andijon tumani hududida kuzatilgan. BYD’da ayol yo‘lovchi salondan tanasini chiqarib harakatlangan. Holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Yigit holatni quyidagicha izohladi: “Akamning mashinasida tanishim bilan aylanishga chiqqandik. Tanishim mashinaning lyukidan chiqdi, bundan pushaymonman”.
Shuningdek, qoidabuzar qiz havodan bahramand bo‘lmoqchi bo‘lganini aytib harakatlarini izohlagan.
“Mashinaning lyukidan tanamni chiqargan edim. Shunchaki havodan bahramand bo‘lmoqchi edim. Bilmasdan yoshlik qilib qo‘ydim, aybdorman, uzr so‘rayman”, deydi qiz.
Holat yuzasidan nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, haydovchi va yo‘lovchi bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.