Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Voronej shahrida fojiali voqea yuz berdi — talabalar yotoqxonasida yashovchi ikki yigit o‘rtasidagi uzoq davom etgan kelishmovchilik og‘ir oqibatlarga olib keldi.

Maksim ismli yigit uzoq vaqt davomida yashash joyiga e’tiborsizlik qilgan: ichki kiyimlarini almashtirmagan, iflos kirlarini har tomonga sochib yuborgan va burchaklarda ovqat qoldiqlarini unutib ketgan. Ushbu holat boshqa bir talabaga — uning xonadoshiga katta noqulaylik tug‘dirgan.

Navbatdagi janjaldan so‘ng sabr-toqat kosasi to‘lgan yigit pichoq olib, Maksimning tomog‘ini kesgan.

Qotillik sodir bo‘lgach, u darhol o‘zining tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga jo‘nab ketgan va u yerda politsiyaga borib, sodir etgan jinoyatini tan olgan

Kiritildi: 09:20 27.05.2025. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!