Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Vens Zelenskiyning AQSh “ruslar tomonida” degan so‘zlarini “bema’nilik” deb atadi

 Vens Zelenskiyning AQSh “ruslar tomonida” degan so‘zlarini “bema’nilik” deb atadi

"Menimcha, Zelenskiyning bu gaplari, ya’ni uning davlatiga siyosiy va harbiy jihatdan birdamlikni ta’minlayotgan Qo‘shma Shtatlar hukumatini qandaydir tarzda ruslar tomonida deb ayblashi bema’nilikdir", — deya ta’kidladi AQSh vise-prezidenti UnHerd nashriga bergan intervyusida.

Jey Di Vens Volodimir Zelenskiyning ritorikasini "samarasiz" deb atadi. Vise-prezidentning aytishicha, u Moskvani 2022 yildayoq qoralagan.

"Men bu vaziyatga “strategik tushuncha nuqtayi nazaridan” yondashishga harakat qilganman. Agar siz mojaro yakunlanishini istasangiz, ruslar ham, ukrainlar ham qanday strategik maqsadlar ko‘zlayotganini tushunishga harakat qilishingiz zarur. Bu Rossiya pozisiyasini ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yoki keng ko‘lamli bosqinni oqlash degani emas, balki ularning strategik “qizil chiziqlari” qayerda o‘tgani va ukrainlar bu mojaroda nimaga erishmoqchi ekanini tushunishga urinishni bildirad", — deya ta’kidladi Vens.

Avvalroq Zelenskiy CBS telekanalining 60 Minutes dasturidagi intervyusida AQSh vise-prezidenti Moskvaning harakatlarini “oqlayotgandek” tuyulayotganini aytgan edi.

"Urushni boshlash uchun hujum qilgan biz emasmiz. Menga AQSh vise-prezident Putinning harakatlarini qandaydir tarzda oqlayotgandek tuyuldi", — deya fikr bildirgandi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 15:13 15.04.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!