Tramp Putinga Kiyevga qilingan halokatli hujumlardan so‘ng "to‘xta" deb chaqiriq qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyevda kamida 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlardan keyin Rossiya rahbarini qoraladi.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida "Bu hujumlar keraksiz va juda noto‘g‘ri vaqtda sodir bo‘ldi. Vladimir, to‘xta! Har hafta 5 ming askar halok bo‘lmoqda" deb yozdi.
Ushbu hujum Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Janubiy Afrikaga qilayotgan rasmiy tashrifini qisqartirishga majbur qildi.
Haftalab davom etgan tinchlik muzokaralari kelishuvga erishilmasdan yakunlanayotgandek ko‘rinardi. Bundan oldin Tramp Zelenskiyni tanqid qilib, uni ehtimoliy kelishuv doirasida Qrimni topshirishni rad etgani uchun ayblagan edi.