Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Istanbuldagi zilzilada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Istanbuldagi zilzilada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

2025 yil 23 aprel kuni Istanbul shahrida yashagan yurtdoshimiz yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanimizga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh rahmat qilsin.

Kiritildi: 17:30 24.04.2025. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!