AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Reuters agentligiga bergan intervyusida hozircha mamlakat prezidentligiga nomzod bo‘lish ehtimoli haqida deyarli o‘ylamaganini aytdi.
Jurnalist mitingda Vensni qo‘llab-quvvatlaganlar uni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni istashga o‘xshayotganini ta’kidlab, siyosatchidan kelgusi rejalari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi.
«Mendan bu savolni tez-tez so‘rashadi. Tabiatan ko‘p narsani keyinga qoldirishga moyilman va, rostini aytsam, hozircha bu haqda unchalik ko‘p o‘ylaganim yo‘q», — deb javob berdi Vens.