AQSh va Eron kelishuvga erishish orqali ikki tomonlama munosabatlarini qayta tiklashlari mumkin.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
"Menimcha, bizda Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida 47 yildan beri mavjud bo‘lgan munosabatlarni qayta tiklash imkoniyati bor. Prezident bizdan shuni so‘radi va biz shu ustida ishlashda davom etamiz, ammo buning uchun ikki kishi kerak. Biz eronliklarga yadroviy qurolga ega bo‘lishga imkon beradigan kelishuv tuzmoqchi emasmiz", dedi u.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kelishuv muvaffaqiyatsiz bo‘lgan taqdirda to‘liq hushyor holatda va agar kerak bo‘lsa, Eronga qarshi operasiyalarni qayta boshlashga tayyor.