Bu haqda Eron va AQSh o‘rtasidagi yangilangan kelishuv loyihasiga tayanib Al Hadath telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron yadroviy dasturini to‘liq tugatish o‘rniga uni uzoq muddatga muzlatishga rozi bo‘lgan. Buning evaziga Eronning taxminan 400 kilogramm yuqori boyitilgan urani Qo‘shma Shtatlarga emas, balki Rossiyaga topshirilishi lozim.
Telekanal manbasiga ko‘ra, Eron urush davomida yetkazilgan zarar uchun AQShdan kompensasiya talabidan ham voz kechishi mumkin. Shu bilan birga, Tehron Vashingtondan iqtisodiy imtiyozlar olishga intilmoqda.
Shuningdek, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini bosqichma-bosqich ochishni taklif qilgan. Rejaga ko‘ra, bo‘g‘ozdagi ehtimoliy mojarolarni tartibga solishda Pokiston va O‘mon kafil sifatida ishtirok etadi.
Eronning boyitilgan urandan voz kechishi Vashingtonning Tehronga qo‘ygan asosiy talablaridan biri hisoblanadi.