Qo‘shma Shtatlar yaqin 100 kun ichida Rossiya-Ukraina mojarosi tomonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etish niyatida.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Bizda tinchlik taklifi bor va biz kelgusi 100 kun ichida tomonlarni muzokara stoliga o‘tkazish uchun qattiq harakat qilamiz”, dedi u.
Shu bilan birga, Vens Moskva va Kiyev pozisiyalarini bir-biriga yaqinlashtirish uchun ish olib borish kerakligini ta’kidladi, chunki "ruslar va ukrainaliklar xohlagan narsa o‘rtasida juda katta tafovut bor".