Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Shanba kuni minglab vengriyaliklar Budapeshtda Bosh vazir Viktor Orbanning qarorgohi oldigacha norozilik yurishi o‘tkazdi. Namoyishga muxolifat yetakchisi Peter Madyar boshchilik qildi. U hukumat rahbarini voyaga yetmaganlar qamoqxonasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik mojarosi ortidan iste’foga chiqishga chaqirdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi European Pravda.

Namoyishchilar Budapeshtning sovuq va muzlagan ko‘chalari bo‘ylab «Bolalarni himoya qiling!» degan yozuvli banner ortidan yurish qildi. Ular qo‘llarida yumshoq o‘yinchoq hayvonlar va mash’allar ko‘tarib chiqqan bo‘lib, bu ramziy aksiya bir necha yillardan beri davom etmoqda.

Chorshanba kuni prokuratura Budapeshtdagi davlat tasarrufidagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan qamoqxonada yetti nafar shaxs hibsda saqlanayotganini ma’lum qildi.

Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 15 yillik hokimiyati davomidagi eng jiddiy sinovga duch kelayotgan Viktor Orban Mandiner axborot agentligiga bergan intervyusida zo‘ravonlik holatlarini keskin qoralab, ularni «qabul qilib bo‘lmaydigan va jinoiy harakatlar» deb atadi.

«Bu mamlakatda har kuni ilgari hatto tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada jirkanch voqealar yuzaga chiqmoqda», — dedi Orbanning Budapeshtdagi Kasl-Hill tepaligida joylashgan qarorgohi sari yurish qilgan namoyishchilardan biri Judit Vyorosh.

Shu hafta boshida Vengriya hukumati tergov davom etayotgan bir paytda mamlakatdagi beshta voyaga yetmaganlar qamoqxonasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri polisiya nazorati ostiga olganini e’lon qildi.

Prokuratura markazning sobiq direktoriga nisbatan bir necha oydan beri fohishalik tarmog‘ini tashkil etish, pul yuvish va odam savdosida gumon qilinib, tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 12:38 14.12.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!