Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi 20-paket sanksiyalarni qabul qilishga veto qo‘ydi. Yevropa Ittifoqi davlatlari mazkur paketni Rossiya–Ukraina urushi boshlanganining to‘rtinchi yilligiga qadar tasdiqlashni rejalashtirgan edi.
Masala YEI Tashqi ishlar vazirlari kengashining bugungi yig‘ilishi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.
Bolgariya TIV rahbari Nadejda Nevinskaya Vengriya vakili vetoga asos bo‘lgan dalillarni bayon etganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, paket hozircha ikki davlat qarshiligi sababli qabul qilinmagan.
Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon muhokamalar “ancha keskin” o‘tganini aytdi. U veto qo‘ygan davlatlar bilan muzokaralar davom etayotganini va kelishuvga erishish zarurligini ta’kidladi.
Fayonning fikricha, Yevropa Ittifoqi muzokaralar stolida ishtirok etishni istasa, aniq pozisiyaga ega bo‘lishi va kim bilan hamda qaysi masalalar bo‘yicha muloqot olib borishini belgilab olishi kerak.