Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali muloqot qilib, AQShning Rossiya-Ukraina mojarosiga barham berish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildi.
Bu haqda Siyyarto o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi videomurojaatida ma’lum qildi.
"Yaxshi xabar shundaki, Marko Rubio meni AQSh tinchlik tarafdori bo‘lib qolishlariga, o‘z majburiyatlaridan qaytmasliklariga va bu uch yillik urushni tugatish uchun qo‘lidan kelganini qilishda davom etishlariga ishontirdi”, — dedi u.
Vazir Vengriya Tramp ma’muriyatining tinchlikka qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini va ularning muvaffaqiyatiga ishonishini tasdiqladi: “Biz vengerlar uchun uch yillik ma’nosiz, qonli urushdan so‘ng Yevropaga tinchlik qaytishi muhim”.
“Yaxshi suhbat o‘tkazdik, bu Vengriya-Amerika munosabatlarining mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganimizni va bu munosabatlar do‘stlik va fundamental masalalar bo‘yicha mutlaq kelishuv bilan belgilanishini ko‘rsatdi”, — deya xulosa qildi Siyyarto.