Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanning ukasi Aron Orban chegaradan odamlarni noqonuniy olib o‘tish ishi bo‘yicha qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Vengriya ommaviy axborot vositalari. Mamlakatning amaldagi bosh vaziri Peter Madyar ham bu xabarga e’tibor qaratdi.
"Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, Viktor Orbanning ukasi Aron Orban odamlarni chegaradan noqonuniy o‘tkazishda gumonlanib hibsga olingan. Aktivlarni qaytarish va himoya qilish milliy boshqarmasi hamda Milliy tergov byurosi tergov olib bormoqda", – deb yozdi Madyar Facebook'dagi sahifasida.
Peter Madyar o‘z xabarida akasi Marton Madyarga tegishli bo‘lgan Kontroll nashrining feysbukdagi sahifasida chiqqan postga havola bergan. Bu postda Orbanning ukasi ham hibsga olinganlar orasida bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Shu bilan birga, Kontroll saytidagi xabarda Orbanning ukasini ismi tilga olinmagan.
9 noyabr kuni ertalab Aron Orbanning kompaniyasiga tegishli uyda tintuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Telex o‘z manbalariga tayanib. Nashr suhbatdoshlari Aron Orban hibsga olingan yoki olinmaganini aniq bilmasligini aytishgan. Bir yil oldin Telex sobiq bosh vazirning akasi Vetnam fuqarolariga noqonuniy viza berish sxemasida ishtirok etgani haqidagi surishtiruv e’lon qilgandi.
Viktor Orban tintuvlar haqidagi xabarlarga izoh berdi. U sodir bo‘layotgan voqealarni siyosiy qatag‘on deb atadi. "Nishon – menman, ukam esa shunchaki vosita", – dedi Orban.