Vengriya Ishchilar partiyasi raisi Dyula Tyurmer Qozondagi BRIKS sammitidan keyin dunyo avvalgidek bo‘lmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, assosiasiya mamlakatlari yangi dunyo yaratilishi haqida signal yubordi, bu yerda davlatlar o‘z taqdiri haqida boshqalarning buyrug‘isiz qaror qabul qiladi, deb yozadi "RIA Novosti".
Dyula Tyurmer "Qozondagi uchrashuvdan keyin dunyo avvalgidek emasligini" ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "hamma muhim xabarni oldi: keling, bitta davlat emas, balki har kim o‘z taqdirini birgalikda hal qiladigan dunyoni quraylik".
Tyurmer yangi dunyoda "sosialistik Xitoy va kapitalistik davlatlar birgalikda yashashlari mumkin", deb qo‘shimcha qildi, chunki birlashishdan maqsad "bir-birini ekspluatasiya qilish emas, balki bir-birlariga tinchlik va xavfsizlikni rivojlantirishga yordam berishdir"