Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vengriya NATO sammitida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori bo‘ladi

Vengriya NATO sammitida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori bo‘ladi

Vengriya NATOning Vashingtondagi sammitida o‘t ochishni tez fursatda to‘xtatish va Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik muzokaralarini boshlashni talab qiladi.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videomurojaatida ma’lum qildi.

«Vengriyaning pozisiyasi aniq: bu urush jang maydonida hech qanday yechimga olib kelmaydi, buning o‘rniga muzokaralar va diplomatik kelishuv zarur va biz NATO sammitida uch kun davomida xuddi shu pozisiyani namoyish etamiz,» - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Siyyarto AQSh poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Shimoliy Atlantika alyansining bugungi yig‘ilishida bosh vazir Viktor Orbanga hamrohlik qilmoqda.

Kiritildi: 09:22 10.07.2024. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!