Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vengriya “Evropani yana buyuk qilish”ga va’da berdi

Vengriya “Evropani yana buyuk qilish”ga va’da berdi

Iyul oyida Yevrokengashga raislik qiluvchi Vengriya Yevropani yana buyuk qilishga va’da berdi.

Shunga o‘xshash – “Amerikani yana buyuk qiling” shiori AQShning sobiq rahbari Donald Trampning 2016 yilgi saylovoldi shiori bo‘lgan.

Bizning shiorimiz faol, amaliy raislik, birgalikda kuchliroq ekanligimizni nazarda tutadi, — dedi Vengriyaning Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vaziri Yanosh Boka matbuot anjumanida.

Vengriya Yevroittifoq Kengashiga bo‘lajak raislik qilish uchun yettita ustuvor yo‘nalishni belgilagan. Ular orasida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash ham mavjud.

Evropadagi noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash YEI davlatlari hamda asosiy kelib chiqish va tranzit mamlakatlari o‘rtasida samarali hamkorlikni talab qiladi, — deya qo‘shimcha qilgan vengriyalik vazir.

Ma’lum bo‘lishicha, Budapesht YEI Kengashi rais sifatida o‘z oldiga Yevropa Ittifoqini kengaytirish jarayonlarini “muvozanatlash” vazifasini qo‘ygan. Xususan, kelgusi olti oy ichida ushbu mintaqadan nomzod davlatlar bilan imkon qadar ko‘proq muzokara bloklarini yopish rejalashtirilgan.

Vengriyaning sanab o‘tilgan ustuvor yo‘nalishlari orasida “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash” iborasi tilga olinmagan. Yevropa Ittifoqining raqobatbardoshligi, uchinchi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar, ma’muriy yukni yengillashtirish, mudofaa siyosati, qurol-yarog‘ sohasidagi hamkorlik kabi sohalar haqida so‘z yuritilgan.

Kiritildi: 07:33 20.06.2024. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!