Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Vengriya deputatlari o‘z maoshlarini 2 baravar kamaytirishdi

Vengriya deputatlari o‘z maoshlarini 2 baravar kamaytirishdi

Vengriya parlamenti deputatlarning ish haqini qisqartirish va siyosiy partiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu tashabbus hukmron Tisa partiyasi tomonidan ilgari surilgan, deb xabar berdi Telex.

Qayd etilishicha, qonunni 189 deputat qo‘llab-quvvatlagan, "qarshi" va "betaraf" ovozlar bo‘lmagan.

Bosh vazir Peter Madyar saylovdan keyin "oldingi pul isrofgarchiligiga chek qo‘yilishini" va parlament to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish orqali vakillar va fraksiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sezilarli darajada qisqartirilishini va’da qildi. Tisa qonun loyihasini 28 may kuni taqdim etdi.

Ayni paytda parlament a’zolarining maoshi mamlakatdagi o‘rtacha maoshdan uch barobar ko‘p.

Deputatlarga to‘lanadigan to‘lovlar oyiga 6,2 ming dollardan 3,7 ming dollargacha kamayadi.

Kiritildi: 15:25 09.06.2026. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!