Venesueladagi 7,5 balli zilziladan olti kun o‘tib, vayronalar ostidan uch yoshli bola sog‘-salomat qutqarildi. 30 iyun kuni Kliber Moranni iordaniyalik qutqaruvchilar La-Guayra shtatidagi vayronalar ostidan olib chiqqan.
Iordaniya fuqaro muhofazasi xizmati kichik Kliberga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgani, u shifoxonaga yetkazilgani va barcha hayotiy ko‘rsatkichlari yaxshi ekanini bildirdi
Bola ayni paytda poytaxt Karakasdagi shifoxonada davolanmoqda.
Zilziladan keyingi uch kunda — vayronalar ostida qolgan odamlarning tirik topilish imkoniyati eng yuqori bo‘ladi. Kliberning oltinchi kuni topilishi esa haqiqiy mo‘’jiza bo‘ldi. Prezident Delsi Rodriges hodisani «xalq uchun umid manbai» deb ta’rifladi.
Venesuelada o‘tgan haftada sodir bo‘lgan 7.2 va 7.5 magnitudali zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming 943 nafarga yetdi.
Jarohatlanganlar esa 10 ming kishidan oshib ketgan, yana o‘n minglab odamlar taqdiri hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Hozirda butun dunyodan kelgan minglab qutqaruvchilar o‘rgatilgan itlar va og‘ir texnikalar yordamida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.