Venesueladagi kuchli zilzilalar qurbonlari soni 3899 kishiga yetdi, yana 16740 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Venesuela milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, hozirgacha 86 794 oilaga gumanitar yordam yetkazilgan, 89 ta vaqtinchalik oromgohlarda 16 892 oila joylashtirilgan.
O‘z navbatida, AQShning Karakasdagi elchixonasi ma’lum qilishicha, Amerika gumanitar yordami allaqachon Venesuyelaning 30 mingdan ortiq aholisiga yetkazilgan. Global Empowerment Mission (GEM) dasturi orqali tarqatiladi.
Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyat favqulodda holatda qolayotganini aytdi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 24 million dollar kerak bo‘lib, hozirgacha uning 9 millionga yaqini safarbar qilingan.
Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Jarbas Barbosa falokatdan keyingi asosiy xavflar tibbiy yordamdagi uzilishlar, toza suvning etishmasligi, vaqtinchalik boshpanalarda to‘lib-toshganligi va emlashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Venesuelada 39 soniyalik interval bilan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘lgan edi. BMT Taraqqiyot dasturiga ko‘ra, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar qariyb 6,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.