Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4118 kishiga yetdi.
Bu haqda Bolivar Respublikasi Milliy Assambleyasi (parlamenti) spikeri Xorxe Rodriges e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, 16 740 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, yana 17 907 kishi uysiz qolgan.
190 ta bino butunlay vayron bo‘lgan, 856 tasi jiddiy zarar ko‘rgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6462 kishi qutqarilgan, 29 966 kishi kasalxonalar va sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam olgan. 86 794 oilaga yordam ko‘rsatilgan va ofat hududiga 9 766 tonna oziq-ovqat yetkazib berilgan.
24 iyun kuni kechqurun Venesuelada zilzila sodir bo‘ldi. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita silkinish qayd etilgan. Ikkala zilzila episentrlari Yarasuy shtatida bir-biridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.