Venesueladagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 188 kishiga yetdi, 1520 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Bolivar Respublikasi Milliy Assambleyasi prezidenti Xorxe Rodriges ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 157 kishi bedarak yo‘qolgan, 200 dan ortiq kishi esa taxminan 250 ta qulagan yoki shikastlangan binolarda qamalib qolgan.
"Zilzila oqibatida taxminan 3000 oila jabr ko‘rdi", deb qo‘shimcha qildi Rodriges.