Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Venesueladagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5200 nafardan oshdi

Venesueladagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5200 nafardan oshdi

Venesuyeeladagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 5208 kishiga yetdi.

Bu haqda Milliy Assambleya (parlament) prezidenti Xorxe Rodriges o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning hukumatning kundalik hisobotiga ko‘ra, 16 740 kishi jarohat olgan, 17 907 kishi uysiz qolgan. 190 ta bino butunlay vayron bo‘lgan, yana 856 tasi jiddiy zarar ko‘rgan.

Qidiruv-qutqaruv operasiyasi natijasida 6462 kishi qutqarilgan. 39 935 nafar jabrlanuvchi kasalxonalarda tibbiy yordam olgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 128 324 oilaga yordam ko‘rsatilgan, 23 820 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan va jabrlanganlarga 10 964,97 tonna oziq-ovqat tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun oqshomida Venesuelada dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila qayd etildi, ularning episentrlari Yarasuy shtatida taxminan 10 kilometr masofada joylashgan edi. Asosiy zilziladan so‘ng 1388 ta aftershok qayd etildi.

Kiritildi: 10:51 20.07.2026. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!