Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Venesuelada prezidentlikka nomzod muxolif siyosatchi Enrike Markes ozodlikka chiqarildi

Venesuelada prezidentlikka nomzod muxolif siyosatchi Enrike Markes ozodlikka chiqarildi

Venesuelada siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod etish boshlandi. Ular orasida prezidentlikka sobiq nomzod ham bor, deb xabar bermoqda OAV.

Foro Penal huquq himoyachilari guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, ilk ozod etilganlar orasida Venesuela muxolifatining yetakchilaridan biri va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Machadoning prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan Byadjio Piliyeri bor. Shuningdek, 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lgan muxolif siyosatchi Enrike Markes ham ozodlikka chiqarildi.

Bundan tashqari, Venesuela hukumati xorijiy fuqarolarni ham ozod etdi. Xususan, besh nafar Ispaniya fuqarosi, jumladan, huquq himoyachisi Rosio San-Migel ham bor.

Kiritildi: 21:17 09.01.2026. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!