Venesuela hukumati prezidentlik saylovlaridan keyin boshlangan norozilik namoyishlari tufayli mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakasdagi Miraflores saroyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz zo‘ravonlikni qo‘zg‘atayotgan yomon niyatli faollarga nisbatan bag‘rikenglik ko‘rsatamiz. Biz ularni kim moliyalashtirayotganini bilamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Maduroning ta’kidlashicha, namoyishlardan maqsad mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazishdir. «Venesuela imperializm, fashizm va jinoyatchilar qo‘liga tushmaydi. Biz mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi Maduro.
Venesuela prezidenti aniq nomlarni aytmay, ko‘chadagi tartibsizliklarda AQShni aybladi. «Odamlar buni bilishadi. Ammo, agar imperiya o‘zining jinoiy rejasini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, biz Vatanimizni oxirigacha himoya qilamiz. Biz xalqimizni himoya qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi prezident.