Venesuela muxolif siyosatchisi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Machado mamlakat qo‘shinlarini prezident Nikolas Maduro buyuruqlariga bo‘ysunmaslikka va qurollarini tashlashga chaqirdi.
Xaberlara ko‘ra, Machado AQShning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan audiomurojaatida mamlakat xavfsizlik kuchlari va xalqka yuzlanib, Venesueladagi siyosiy vaziyat murakkablashayotganini ta’kidladi.
«Hurmatli venesuelaliklar, yurtimizdan ko‘tarilayotgan ozodlik faryodi mamlakat ichida ham, tashqarisida ham kuchaymoqda. Biz, 30 million kishi, xalqimizni asirlikda ushlab turgan jinoiy tuzumga qarshi bosh ko‘tarmoqdamiz», — dedi Machado.
U harbiylarga murojaat qilib, ularni Maduro buyruqlarini bajarmaslikka, xalqqa qarshi qo‘g‘irchoqka aylanmaslikka chaqirdi:
«Qurollaringizni qo‘ying. Bu xalqingiz uchun qanday kelajak? Shuncha zulmdan keyin tinch uqlay olasizmi? Oilangiz, farzandlaringiz uchun shunday taqdirni xohlaysizmi?»
Machado shuningdek, ayrim harbiylarni o‘zlari sodir etayotgan ishlarga nisbatan hisob berishi lozimligini aytdi.
Nobel mukofoti va xalqaro munosabatlar
Mahalliy OAVga ko‘ra, Machado Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qabul qilish uchun Osloga borish niyatini tasdiqlagan. U 2025 yilda Venesuelada demokratiya uchun kurashi uchun Nobel mukofotiga loyiq topilgan.
Machado avvalroq Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlagani va Benyamin Netanyaxu hukumatining yaqin siyosiy hamkori sifatida tilga olingandi. Xabarlarga ko‘ra, u 2018 yilda Netanyaxuga BMT Xavfsizlik Kengashida Venesuela masalasi bo‘yicha vositachilik qilishni so‘ragan.
Karib dengizi mintaqasidagi vaziyat
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylariga Lotin Amerikasidagi narkotik kartellarga qarshi operasiyalarda faol ishtirok etish haqidagi farmonni imzolagach, mintaqa yanada keskinlashdi.
Avgust oyining oxirida AQSh Venesuela suvlariga suv osti kemalari va harbiy dengiz kuchlarini joylashtirdi. AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset amerikalik harbiylar “rejim almashishi”ga tayyor ekanini aytdi.
Bunga javoban prezident Maduro 4,5 million milisiyani safbarobar qildi va har qanday hujumga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
Venesuela suvlaridagi AQSh harakatlari Karakas va xalqaro hamjamiyat tomonidan «xalqaro huquqni buzish» sifatida keskin tanqid qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning eng yirik aviatashuvchisi USS Gerald R. Ford hamda uning zarba beruvchi guruhi “giyohvandlikka qarshi kurash” nomi ostida mintaqaga yetib kelgan.